APPALACHI TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
APPALACHI TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

APPALACHI TOGʻLARI — Shim. Amerikadagi togʻlar, AQSH bilan Kanada hududida. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa 2600 km choʻzilgan, eni 300 — 500 km. Eng baland choʻqqisi — Mitchell togʻi (2030 m). Appalachi togʻlari jan.-sharqiy va shim. qismlari paleozoy erasida burmalangan kristall jinslar (gneyslar, kristalli slaneslar, kvarsitlar)dan, jan.-gʻarbiy qismi choʻkindi jinslar — ohaktosh, qumtosh, gilli slaneslardan tashkil topgan. Mezozoy va kaynozoyda togʻlar gum-bazeimon koʻtarilgan. Togʻlarni koʻpdan-koʻp daryolar parchalab yuborgan. Shim. tomonlari relyefini toʻrtlamchi davr muzliklari ancha oʻzgartirgan. Appalachi togʻlari iqlimini Atlantika okeani yumshatib turadi. Yogʻin 1000 — 1300 mm. Jan. da togʻ yon bagʻirlari 1000 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, undan yuqorida aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Appalachi togʻlarida toshkoʻmir, neft, temir rudasi, mis, kumush, kobalt bor. A. t. da 2 ta millim park mavjud. Turizm va ovchilik r-ni.

Ensiklopediya.uz
APPALACHI TOGʻLARI