
ANDREYEVA Olga Ilinichna haqida malumot bilib oling.
ANDREYEVA Olga Ilinichna (1890.29.5-1970.15.2, Moskva) — Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 1938-y. dan Toshkentdagi rus drama teatrida ish-lagan. Asosiy rollari: Betsi (L. N. Tolstoy, «Maʼrifat mevalari»), Anna Andreyevna (N. V. Gogol, «Revizor»), Kseniya, Vasilisa (M. Gorkiy, «Yegor Bulichev va boshqalar», «Tubanlikda»), Katerina, Kruchinina (A. N. Ostrovskiy, «Momaqaldiroq», «Aybsiz aybdorlar»), Hamrobuvi (A. Kahhor, «Shohi soʻzana), Hojar (Hamza, «Paranji sirlari»), Rixsi xola (B. Rahmonov, «Katta muhabbat») va b. A. sahna nutqiga, qahramonning ichki va tashqi qiyofasini yorqinroq ochishga alohida eʼtibor bergan.
Ensiklopediya.uz
ANDREYEVA Olga Ilinichna