
ANDIJON UNIVERSITETI haqida malumot bilib oling.
ANDIJON UNIVERSITETI, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-y. 15-martda Andijon ped. instituti (1936-y. asos solingan) negizida Andijon sh. da tashkil etilgan. 1990-y. 19 apr. da Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilgan.
Un-tda 11 f-t (mat., fizika, kimyo, biol., tarix, ped., filol., jismoniy madaniyat, huquq-iqtisod, sirtqi taʼlim va malaka oshirish), 31 kafedra, 31 oʻquv va 10 ilmiy lab., 4 kompyuter sinflari, rasadxona bor. Xalqaro internet tarmogʻiga ega kutubxonada 300335 asar saqlanadi (2000). Un-t qoshida akademiklitsey va litsey-internat mavjud. Un-tda 18 ixtisoslik (mat., tadbiqiy mat. va informatika, fizika, kasb taʼlimi, biol., kimyo, geogr., ekologiya, oʻzbek filol. si, tarix, huquqshunoslik, iqtisodchi-pedagog, jismoniy tarbiya, chizmachilik, tasviriy va amaliy sanʼat, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish, musiqachi-pedagog, ped. va psixologiya, maktabgacha va oilaviy taʼlim) boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Un-tda magistratura, aspirantura (oʻzbek tili, vatan tarixi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, biokimyo, falsafa, zamonaviy va milliy adabiyot), doktorantura (oʻzbek tili, vatan tarixi, yarim oʻtkazgichlar fizikasi), yarimoʻtkazgichlar fizikasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 1999/2000 oʻquv yilida 3100 talaba taʼlim oldi; 297 oʻqituvchi, jumladan 22 fan d-ri va prof., 104 fan nomzodi va dotsent ishladi. Un-t faoliyati S. Z. Zaynobiddinov, A. Q. Qosimov, F. X. Abdullayev, A. A. Abdullayev, R. T. Shamsutdinov, G. K. Dubovskiy, H. Razzoqov, I. Poʻlatov, A. Nurmonov, 3. Qutiboyev, Q. Parpiyev, S. A. Vohidova kabi prof.oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Un-tning «Humo» ashula va raqs ansambli, kichik bosmaxonasi, «Andijon universiteti» koʻp nusxali gaz., sport majmui mavjud. Jismoniy tarbiya f-ti talabalaridan 82 tasi mamlakat terma jamoasi aʼzolari. 1 tasi boks boʻyicha jahon va olimpiada chempioni (M. Abdullayev), 1 tasi jahon chempioni (Oʻ. Haydarov), 1 tasi olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori (S. Mixaylov) (2000).
Un-tda Fan-texnika davlat qoʻmitasining grantlari, «Soros» va b. jamgʻarmalar bilan hamkorlik natijasida har yili 5 mln. soʻmlik ish bajarilgan. 2000-y. gacha un-tda 30 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi.
Ensiklopediya.uz
ANDIJON UNIVERSITETI