
ASOSLI TOF JINSLARI haqida malumot bilib oling.
ASOSLI TOF JINSLARI — magmatik jinslar. Kremniy oksidi bilan toʻyinmagan va tarkibida kvars boʻlmagan jinslar. Asosli tof jinslarida kremniy oksidi 50 — 55% dan ortmaydi. Nordon togʻ jinslariga nisbatan kaliy, natriy kam, temir, kalsiy, magniy esa koʻp. Mineral tarkibida asosli plagioklazlar koʻproq, ortoklaz, mikroklin esa kam. Bunday jinslarga gabbro, bazalt, diabaz va b. kiradi. Asosli tof jinslari Oʻzbekistonda Jan. Fargʻona, Turkiston, Tomdi, Sulton Uvays va Nurota togʻlarida uchraydi.
Ensiklopediya.uz
ASOSLI TOF JINSLARI