ARXIMED VINTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARXIMED VINTI haqida malumot bilib oling.

ARXIMED VINTIArximed ixtiro qilgan suv chiqaruvchi mashina (mil. av. Arximed vinti. 3-a). Arximed vinti ikki tomoni ochiq silindr quvur boʻlib, oʻqiga vint kanali hosil qiluvchi vintli yuza oʻrnatilgan. Arximed vintining bir uchi suyuklikka tushirilib, ikkinchi uchi suyuqlik quyiladigan joyga oʻrnatiladi. Vint aylanganda suyuklik quvurdan koʻtarilib, yuqori teshikdan uzluksiz quyilaveradi. Arximed vintining ishi qiya tekislik prinsipiga asoslangan. Shamol yoki suv dvigatellari yordamida harakatga keltiriladigan Arximed vinti quritish va sugʻorish ishlarida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ARXIMED VINTI