AXBOROTNI OʻQISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AXBOROTNI OʻQISH haqida malumot bilib oling.

AXBOROTNI OʻQISH (kibernetikada) —turli xil axborot uzatuvchilaridan kelgan axborotni elektron-raqamli hisoblash mashinalariga kiri-tish uchun moslash. Biror masala haqidagi turli xil axborotlarni. yaʼni dastlab-ki maʼlumotlar, masalani yechish dasturi, masala yechimining natijalarini sonlar yoki komanda (buyruq)lar shaklida mashinaga kiritishda foydalaniladi. Axborotni perfolenta (teshik-teshik lentalar) yoki perfokartalar vositasida uzatish usullari keng tarqalgan. Perfokarta oʻrami kirish qurilmasiga solinadi va mashina uni navbat bilan tortib, choʻtkalarning kontakt tizimida «paypaslab» koʻradi. Kartaning ayni shu joyida teshik (karta teshigi) bor yoki yoʻq ekaniga qarab, mashinaga elektr signal yuboruvchi kontakt tutashadi yoki tutashmaydi. Buning taʼsirida mashina xotirasida kod qayd qilinadi. Axborotni oʻqishning perfokartalardan foydalanishga asoslangan bunday elektr-mexanik usulidan tashqari fotoelementlar yoki fotodiodlar yordamida oʻqish usuli ham bor.

Ensiklopediya.uz
AXBOROTNI OʻQISH