
ASKOCHENSKIY Aleksandr Nikolayevich haqida malumot bilib oling.
ASKOCHENSKIY Aleksandr Nikolayevich (1898.5.9, Rossiyaning hoz. Voronej viloyati Verxniy Lomovsk qishlogʻi — 1973.5.3, Moskva) — muhandisirrigator, Oʻzbekiston FA akad. (1943), prof. (1939), Leningrad t. y. injenerlari in-tini tugatgan (1925). Oʻrta Osiyo irrigatsiya va meliorativ qurilishi in-ti (Sredazgiprovodxlopok) bosh muhandisi (1931 — 39), Oʻzbekiston FAning vitse-prezidenti (1948 — 50), soʻnggi yillarda sobiq Ittifoqda q. x. boʻyicha masʼul lavozimlarda ishlagan. Askochenskiyning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo suv resurelarini oʻrganish, paxta ekiladigan r-nlarni sugʻorish va melioratsiyasi masalalariga bagʻishlangan. Katta Fargʻona kanali, Qoraqum kanalini loyihalash va qurishda qatnashgan.
Ensiklopediya.uz
ASKOCHENSKIY Aleksandr Nikolayevich