ATAKSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATAKSIYA haqida malumot bilib oling.

ATAKSIYA (yun. ataxia — harakat tartibsizligi) — harakat koordinatsiyasining buzilishi. Harakat vaqnida muvozanatningoʻzgarishi, tartibsizlanishi. Bemor xuddi mayet odamga oʻxshab gandiraklab zoʻrgʻa yuradi. Ataksiyada faqat oyoq emas, qoʻllar harakati ham tartibsiz, bir-biriga moslashmay qoladi. Kasallik asosan miyacha, orqa miyadan miyachaga oʻtadigan yoʻllar, vestibulyar nerv tolasi va yadrosi yoki orqa miya orqa qismining, bosh miya peshona qismining zararlanishida kuzatiladi. Bemor yurib ketayotganida tez burila olmaydi, qadam tashlaganida oyoqlari oldin ketib, tanasi orqada qoladi va yiqilib tushishi mumkin. U A. ga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etish yoʻli bilan davolanadi.

Ensiklopediya.uz
ATAKSIYA