AMIDLANISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMIDLANISH haqida malumot bilib oling.

AMIDLANISH — karboksil guruhiga kiradigan gidroksili (—ON) ning amin (—NH2) guruhiga almashinishi yoʻli bilan kislotalarning amidlari hosil boʻlishi reaksiyasi. Hayvonlar va odam toʻqimalarida ammiakni zararsizlantirishning asosiy yoʻli sifatida fiziologik nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega. Hayvon organizmida glutamat kislota bilan asparagat kislotaning amidlanib, glutamin va asparagin hosil boʻlishi koʻproqahamiyatli. Amidlanish murakkab fermentativ jarayon boʻlib, unda adenozinfosfat kislotalar energiyasidan foydalanadi. Asidoz holatlarida moddalar almashinuvidan hosil boʻladigan kislotali moddalar glutami-naza fermentining taʼsirida glutamindan ammiak ajralib chikishi tu fayli buyrakda neytrallanadi. U organizmda kationlarni asrab qoladigan va shu tariqa qonning ishqor rezervini kamaytirmaydigan himoya mexanizmlaridan biridir.

Ensiklopediya.uz
AMIDLANISH