ALYUMOGEL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALYUMOGEL haqida malumot bilib oling.

ALYUMOGEL — faol alyuminiy oksid. Chinniga, ayrim hollarda shaffof shishaga oʻxshash gʻovak modda. Alyuminiy gidroksid ivigʻini ohista quritish usuli bilan olinadi. Alyumogel adsorbsiya jarayonlarida — sanoat gazlarini quritishda (namdan tozalashda), suyuqliklarni rangsizlantirishda (neftni qayta ishlash, qand-shakarni oqartirishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida), katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
ALYUMOGEL