AL-ORAZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AL-ORAZ haqida malumot bilib oling.

AL-ORAZ (arab. — chehra, koʻrinish) — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida aksidensiya maʼnosida qoʻllanilgan tushuncha. Javhar (substansiya) narsa va hodisalarning moddiyligini, asliy substansional xislatlarini ifodalash va shuning zaminida ularning abadiyligi, yoʻqolmasligining asosi sifatida talqin etilgan boʻlsa, Al-oraz narsalarning oʻzgaruvchan moddiy xislatlari — rangi, boʻyi, eni, shakli kabilarni ifodalagan. Mas, kursining yogʻochi, taxtasi javhar boʻlsa, koʻrinishi, boʻyogʻi kabilar orazi hisoblangan.

Ensiklopediya.uz
AL-ORAZ