AZOT XLORIDLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZOT XLORIDLARI haqida malumot bilib oling.

AZOT XLORIDLARIazot bilan xlorning oʻzaro hosil qilgan birikmalari. Ular ammiak (NH3) va azoimid (N1M3)dagi vodorod atomlarining xlor atomiga almashinuvi natijasida hosil boʻladi. Azot (III)-xlorid (NCl3) beqaror (portlovchi), sariq rangli, oʻtkir hidli moysimon modda. Nafas yoʻllarining shilliq pardasiga taʼsir etadi. Xlor azid (ClN3) esa rangsiz, nihoyatda beqaror suyuqlik. Kuchli portlovchi; suv taʼsirida gidrolizlanib ajraladi.

Ensiklopediya.uz
AZOT XLORIDLARI