AHOLI ZICHLIGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AHOLI ZICHLIGI haqida malumot bilib oling.

AHOLI ZICHLIGI — muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mam-lakat yoki biror hudud (viloyat, tuman) aholi sonini shu joy mayd. ga (odatda 1 km2 ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odam yashaydigan quruqlikda oʻrtacha Aholi zichligi 1 km2 ga qariyb 39 kishiga toʻgʻri keladi (1990-y. lar boshi), mas, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada Aholi zichligi juda past — 1 km2 ga 2,3 kishi, Mongoliyada — 1,4 kishi (1992). Choʻl va baland togʻlarda 0,01 dan 1 kishigacha. RF da Aholi zichligi3.1 km2 ga 8,7 kishi (1990). Oʻzbekistonda Aholi Zichligi bir km2 ga 54,7 kishi toʻgʻri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan r-nlarda, qariyb 7% mayd. ni egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan.

Ensiklopediya.uz
AHOLI ZICHLIGI