ASEB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASEB haqida malumot bilib oling.

ASEB (Assab) — Eritreyaning jan.-sharqidagi shahar. Qizil dengiz boʻyidagi port. Addis-Abeba bilan katta yoʻl orqali bogʻlangan. Aholisi 30 ming kishidan ortiq. 1890—1941-y. lar Italiya, 1941—45 y. lar Buyuk Britaniya qoʻl ostida, 1993-y. dan mustaqil Eritreya tarkibida. Neftni qayta ishlash va sement z-dlari; oziq-ovqat va toʻqimachilik korxonalari bor. Osh tuzi qazib olinadi. Aeroport bor. Port orqali chetga q. x. mahsulotlari chiqariladi.

Ensiklopediya.uz
ASEB