ARAUKALIKLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARAUKALIKLAR haqida malumot bilib oling.

ARAUKALIKLAR (oʻzlarini mapuche deb ataydilar) — Chilining indeys aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi xalq. Umumiy soni 800 ming kishi (1992), jumladan Chilida 750 ming kishi. Arauka va ispan tillarida soʻzlashadi. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik va chorvachilik. Dini — katolik, qad. diniy eʼtiqodlar ham mavjud. Ispanlar kelgunigacha Araukaliklar hoz. Chilining butun hududiga tarqalganlar. Araukaliklarning bosqinchilar va mustamlakachilarga qarshi kurashi 300-yildan or-tiqdavom etgan. Hoz. A. Markaziy Chilining jan. qismida toʻplangan; ularning anchagina qismi rezervatsiyalarda yashaydi.

Ensiklopediya.uz
ARAUKALIKLAR