
ANIMIZM haqida malumot bilib oling.
ANIMIZM (lot. anima — jon, ruh) — jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo boʻlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, oʻz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush koʻrish, gallyutsinatsiya, oʻlim va h. k.)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bogʻlangan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bogʻliq ruh toʻgʻrisidagi tasavvurlar paydo boʻlgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga boʻlingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga taʼsir koʻrsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.
Ensiklopediya.uz
ANIMIZM