ANALIZATORLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANALIZATORLAR haqida malumot bilib oling.

ANALIZATORLAR (fiziologiyada) — yuksak darajadagi hayvonlar va odam nerv tuzilmalarining murakkab sistemasi. Analizatorlar tashqi muhit va organizmdagi taʼsirotlarni idrok etib, tahlil (analiz) qiladi. Analizatorlar tushunchasini I. P. Pavlov kiritgan (1909). Keladigan axborot retseptorlar — sezuvchan (afferent) nervlar oxirlarida kabul qilinadi. Retseptorlar qoʻzgʻatuvchi taʼsirot energiyasini nerv impulslariga oʻtkazadi, soʻngra bular nerv sistemasining oʻtkazuvchi yoʻllari orqali Analizatorlarning oliy (markaziy) boʻlimlariga — bosh miya poʻstlogʻi qismlariga oʻtadi. Analizatorlar axborotning asosiy qismini atrof muhitdan oladi. Bueksteroretseptiv Analizatorlar deyiladi. Bularga eshituv, koʻruv, hid, taʼm bilish, tuygu aʼzolari kiradi. Boshqa Analizatorlar organizmning ichki muhiti holatini tahlil qiladi (interoretseptiv A). Vestibulyar va tayanch harakat apparati, qon bosimining darajasi ular nazorati ostida boʻladi.

Analizatorlar murakkab tuzilishga ega boʻlib, miyani organizmdan tashkaridagi, shuningdek uning ichidagi hodisalar toʻgʻrisida batafsil axborot bilan taʼminlaydi. Analizatorlarning vazifasi shuki, ularning yordamida hayvon tashqi hamda ichki muhitdagi foydali va zararli taʼsirlarni ajratib, hayot sharoitiga yaxshiroq moslashadi. Birorta Analizatorlar buzilganda (shikastlanish, kasallik tufayli) mashq jarayonida boshqa Analizatorlarning imkoniyatlari kengayadi. Mac, koʻzi ojiz kishilarda eshitish, tuygʻu, bosim va t-rani sezish qobiliyati rivojlangan boʻladi. Odam ongi borligidan unda Analizatorlarning ahamiyati yanada katta.

Ensiklopediya.uz
ANALIZATORLAR