AKKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKKA haqida malumot bilib oling.

AKKAOʻrta dengiz sohilidagi shahar. Isroil davlatida. Qadimda Akko deb atalgan. Jan. Finikiyaning yirik savdo markazi boʻlgan. Ilk bor mil. av. 15-a. ga oid manbalarda zikr qilinadi. Mil. av. 8—4 – a. larda Akka Tir shahar davlati, mil. av. 3 – a. da esa Ptolemeylar tasarrufida boʻlib, Ptolemaida deb atalgan. Mil. av. 2—1 – a. boshlarida salavkiylarga, mil. av. 63 y. dan Rimga tobe boʻlgan. 638-y. arablar egallagan, 110487 va 1191-1291-y. larda salibchilar qoʻl ostida boʻlgan. 1516—1918-y. larda Usmonli turk saltanati tarkibida. 1799-y. A. (u paytda Sen-Jan-dʻAkr deb atalgan) Napoleon Bonapart armiyasining 3 oylik qamaliga bardosh berib, dushmanni chekinishga majbur qilgan.

Ensiklopediya.uz
AKKA