AJIO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AJIO haqida malumot bilib oling.

AJIO (ital. aggio) , laj — 1) qimmatbaho qogʻozlar, pul belgilari, veksellar birja kursining oʻz nominal qiymatidan ortishi. Ajio, odatda, nominalga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Kursning nominal qiymatga nisbatan pasayishi esa dizajio deyiladi;

2) qadri past qogʻoz pulni tangalarga yoki qadri baland valyutaga almashtirishda undiriladigan komission haq;

3) obligatsiyalarni oʻz nominalidan yuqoriroq kurs boʻyicha qay-tarib olinishi natijasida ularning narxiga qoʻshiladigan ustama.

Ensiklopediya.uz
AJIO