
AVSTRIYA-FRANSIYA URUSHI haqida malumot bilib oling.
AVSTRIYA-FRANSIYA URUSHI (1809) — Fransiyaning Yevropadagi hukmronligini sindirib, oʻz mustaqilligini saqlab qolish maqsadida Avstriyaning Fransiyaga qarshi urushi. Avstriya urushdan oddin Angliya bilan ittifoq tuzdi. Avstriya armiyasining asosiy qismi 1809 i. 10 apr. da Inn daryosini kechib, Regensburg yonidagi Fransiya armiyasiga zarba berdi va Bavariyaga bostirib kirdi. Napoleon mohirlik bilan urush harakatlari maydoniga koʻp qismdan iborat armiya tashladi. 22 apr. da Ekmyul jangida Avstriya armiyasi katta talafot koʻrib Venaga chekindi. Fransuzlar 13-mayda Venani egalladi va 5—6-iyulda Vagram yonida avstriyaliklarni yengdi. Avstriya 1809-y. 14 okt. da Shyonbrunn sulhiga qoʻl qoʻydi va Fransiyaga qaram davlatga aylandi.
Ensiklopediya.uz
AVSTRIYA-FRANSIYA URUSHI