AVSTRALIYALIKLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVSTRALIYALIKLAR haqida malumot bilib oling.

AVSTRALIYALIKLAR — 1) Avstraliya aborigenlari; anchasi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan (18-a. oxi-rida 250—300 ming boʻlsa, 1992-y. 170 mingga yaqin edi). Qisman, rezervatsiyalar deb eʼlon qilingan choʻl zonalarida yashaydi. Avstraliyaliklar katta ekvatorial (negroid-avstraloid) irqqa mansub. Bu irqdagilar qora tanli, keng burunli, yuz qismi turtib chiqqan, toʻlqinsimon sochli, badani va yuzi sertuk. Ular 500 dan ortiq qabilaga boʻlingan. Har bir qabila oʻz tilida (q. Avstraliya tillari) soʻzlashadi. Avstraliyaliklar ovchilik, temirchilik, baliqchilik bilan shugʻullanadi. Avstraliyaliklarning ilk ajdodlari Jan.-Sharqiy Osiyodan (asosan Indoneziyadan) taxm. 40 ming yillar ilgari kelib joylashgan. Baʼzan Avstraliyaning barcha aholisini Avstraliyaliklar deb ataydilar.

2) Xalq, Avstraliyaning asosiy aholisi, asosan, Buyuk Britaniyadan koʻchib kelganlarning avlodlari, ingliz-avstraliyaliklar 13,4 mln. dan ziyod (1992). Ingliz tilining avstraliya shevasida soʻzlashadi. Xristian dinining katolik, presviterian mazhablariga eʼtiqod qiladi.

Ensiklopediya.uz
AVSTRALIYALIKLAR