AVSTRALIYA ALP TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVSTRALIYA ALP TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

AVSTRALIYA ALP TOGʻLARI — Avstraliyaning jan.-sharqidagi Katta Suvayirgʻich tizmaning eng baland va parchalangan qismi. Uz. qariyb 400 km, eni 150 km. Granit intruziyalari boʻlibboʻlib yuborgan paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Bal. 2230 m gacha (Kossyushko togi, materikning eng baland choʻqqisi). Baland toglarda toʻrtlamchi davr muzliklarining izlari saqlangan. Togʻlarning shim.-gʻarbiy yon bagʻridan Avstraliyaning eng katta daryosi — Murrey boshlanadi. Avstraliya Alp Togʻlari 1200 m bal. gacha evkalipt, daraxtsimon paporotnik oʻrmonlari bilan qoplangan. Undan balandda qingʻir-qiyshiq daraxtlar, butazorlar va alp oʻtloklari bor.

Ensiklopediya.uz
AVSTRALIYA ALP TOGʻLARI