ASHURALI MAHRAM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHURALI MAHRAM haqida malumot bilib oling.

ASHURALI MAHRAM (1825, Margʻilon — 1863) — sozanda, xonanda, bastakor, mehtar, ipakdoʻz. Xushovozligi bilan Fargʻona vodiysida va Toshkentda mashhur boʻlgan. Dovrugʻi Qoʻqonga yetgach, Xudoyorxon uni oʻz saroyiga keltirgan va yaqin mahrami darajasiga koʻtargan. Saroy hayotidan nafratlangan Ashurali Mahram doʻstlar yordamida Toshkentga qochib, xalqqa xizmat qilishni davom ettirgan.

Ashurali Mahram bastalagan maqom yoʻllaridan toʻrttasi (Dugoh-Husayn, Chorgoh, Bayot, Shahnozi-Gulyor) ayniqsa mashhur boʻlgan. Fargʻonada sozlar taqiqlangan paytlarda yashagan Ashurali Mahram «Katta ashula»ning rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Toshkent va Fargʻona vodiysi xalq sanʼatkorlari orasida uning izdoshlari koʻp boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
ASHURALI MAHRAM