
ANTIMODDA haqida malumot bilib oling.
ANTIMODDA — antizarralardan tashkil topgan materiya tizimi. Antinuklonlar antiyadroni, antiyadro bilan antielektronlar (pozitronlar) antiatomni, anti-atomlar antimolekulani hosil qiladi va h. k. Shu ravihda antizarralardan hosil boʻlgan turlicha antijismlar, antiyulduzlar, antigalaktikalar mavjud boʻlishi extimoldan xoli emas. Antielektron, antiproton, antineytron va b. ayrim antizarralar koʻplab tajribalarda aniqlandi. Antiproton bilan bir antineytrondan tashkil topgan antivodorod yadrosi va ikki antiproton bilan antineytrondan tashkil topgan antigeliy yadrosi borligi ham oʻgkazilgan tajribalarda maʼlum boʻldi. Materiya va modda tushunchalari aynan tushunchalar emas. Antimodda kabi modda ham materiya shakllaridan biri. Modda elektron, proton, neytron singari zarralardan tashkil topgan atom va molekulalar toʻplamidan iborat. Materiyaning modda shaklida yashashi fanga koʻpdan maʼlum. Materiyaning A shaklida yashashi faqat 20-a. dagina aniqlandi. Yer yuzasi yoki kosmos mikyosida modda bilan Aning oʻzaro taʼsiri, jumladan, ularning annigilyatsiji natijasida rr berishi mumkin boʻlgan katta energiyali turli hodisalarni oʻrganish kelajak fizikasining muhim masalalaridandir.
Atom va antiatom toʻqnashishda juft elektron-pozitronlarning, shuningdek, nuklon va antinuklonlarning shiddatli annigilyatsiya jarayonlari yuz beradi. Barcha mazkur jarayonlar natijasida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Hozirchalik fan annigilyatsiya energiyasidan foydalanishning samaraliligi haqida fikr yuritish imkonini bera oladigan darajada yetarli dalillarga ega emas. Bu energiyaning koʻp qismi neytrino oqimiga hamda moddalar bilan suct oʻzaro taʼsirda boʻladigan gʻoyat qisqa toʻlqinli gamma-nurlarga toʻgʻri keladi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, annigilyatsiyaning barcha energiyasidan toʻliq foydalanishga yaqin vaqtlarda erishish extimoddan uzoq. Agar haqiqatan bu gʻoya amalga oshadigan boʻlsa, inson gʻoyat bitmas-tuganmas energiya manbaiga ega boʻladi. Zotan, 1 kg modda va Antimoddaning toʻliq oʻzaro taʼsirida ajralib chiqadigan energiya 3 milliard tonna toshkoʻmir yonganda olinadigan energiyadan 3 milliard marta, shuncha miqdordagi uranning atom reaktorida «yonishi»dan hosil boʻladigan energiyadan esa ming marta ziyod boʻladi.
Ad.: Shirokov Yu. M., Yudin N. P., Yadernaya fizika, M., 1972; Bekjonov P. B., Modda tuzilishi, T., 1997.
Ensiklopediya.uz
ANTIMODDA