ANKLAV (frans. enclave, lot. inclavare — qulflab olish) — bir davlatning hamma tomondan boshqa davlat hududi bilan oʻrab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Mas, Lesoto davlati JAR hududidagi Anklav hisoblanadi. Agar Anklav dengizga tutash boʻlsa, u yarim A. deb ataladi.