
AKAN haqida malumot bilib oling.
AKAN — Gana va Kot-dʻIvuar hamda Togoda yashovchi oʻzaro yaqin xalqlar (ashanti, fanti, akim, akvapim, anʼi, baule, gonja, krachi, abrong va b.) guruhi. Ganada 7,76 mln. dan ziyod. Kot-dʻIvuarda 2,3 mln. va Togoda 50 ming kishi yashaydi (1987). Akan va b. kva tillarida soʻzlashadi. Akan larda qad. diniy eʼtiqodlar (animizm, ajdodlar ruhiga sigʻinish) bilan birga, katolik dini ham keng tarqalgan, musulmon sunniylar ham bor. Negroid irqiga mansub. Akan tarkibidagi xalqlardan biri — ashanta 18—19 – a. larda bir qancha qoʻshni qabilalarni birlashtirib, Ashanti davlatini tashkil qilgan edi. 19 – a. ning oxirida Ashanti davlati ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Milliy ozodlik kurashi kuchayishi tufayli, 1957-y. A. larning katta bir qismi ingliz mustamlakasi asoratidan ozod boʻlib, mustaqil davlat (hoz. Gana)ga birlashdi. Akanlar, asosan, dehqonchilik (kakao oʻstirish) b-n, ayrim tumanlarda chorvachilik (qoramol boqish) b-n shugʻullanadilar.
Ensiklopediya.uz
AKAN