AZKAMAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZKAMAR haqida malumot bilib oling.

AZKAMARZiyovuddin togʻlarining jan.-gʻarbiy qismidagi plato. Shim.-da Malik choʻli (Qiziltepa platosi), jan. da Qarnob choʻli bilan tutashgan. Mutlaq bal. 300—350 m. A. neogenning oqchagil va apsheron yaruslari (kosontov, sadivar svitalari)ning alevrolit, gil va ular orasidagi qumtosh va gravelitlardan (1—3 m) tashkil topgan. Azkamarning yuzasi quyi toʻrtlamchi davrning allyuvial-prolyuvial jinslari (Azkamar majmuasi)dan tuzilgan. Azkamarning shim. yon bagʻri qiyaroq, jan. esa tik, suvayirgʻich qismida egarsimon botiq boʻlib, yon bagʻirlarida kuestasimon shaklda jarliklar hosil boʻlgan. Azkamarning sharqiy qismi — Ziyovuddin togʻlariga tutashgan joy relyefi juda oʻydim-chuqur. Azkamarda shoʻrtob boʻz qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan, oqjusan oʻsadi. Azkamar yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

Ensiklopediya.uz
AZKAMAR