ABDURAHMONOV Gʻanijon Abdurahmonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDURAHMONOV Gʻanijon Abdurahmonovich haqida malumot bilib oling.

ABDURAHMONOV Gʻanijon Abdurahmonovich (1925.3.12, Fargʻona) — tilshunos, Oʻzbekiston FA akad. (2000), filol. fanlari d-ri (1960), prof. (1966). Fargʻona pedagogika in-tini tugatgan (1946). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot insitutida sektor mudiri (1958—66). Fargʻona pedagogika in-ti rektori (1966—71), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1971-78), Toshkent chet tillar in-tining rektori I (1978-83). Toshkent pedagogika in-ti I rektori (1983-88), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi (1990—91), Oʻzbekiston FAning Tilshunoslik in-ti bosh ilmiy xodimi (1991—97). A ningasosiy ilmiy ishlari hoz. zamon oʻzbek adabiy tilidagi qoʻshma ran sintaksisi asoslari, milliy tillarning taraqqiyoti masalalariga bagʻishlangan. Bir kancha darslik va qoʻllanmalar tuzgan: «Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi», 1973; «Qadimgi turkiy til», 1982; «Oʻzbek tili», 1993; «Ona tili», 1995; «Oʻzbek tili va adabiyoti», 1995.

Ensiklopediya.uz
ABDURAHMONOV Gʻanijon Abdurahmonovich