AYUTTXAYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYUTTXAYA haqida malumot bilib oling.

AYUTTXAYA, Ayutiya, (rasmiy nomi Pra-Nakxonsi-Ayuttxaya) — Tailanddagi qad. shahar. Menam pasttekisligining markaziy qismida. Aholisi 100 ming kishi atrofida. A. Markaziy Tailandda t. y. bilan Menam daryosi kesishgan joydagi muhim savdo-transport tu-guni, sholikorlik r-nining markazi. Sholi oqlaydigan, vino va konserva z-dlari bor. Hunarmandchilik (kumush buyumlari i. ch.) taraqqiy etgan. Ayuttxaya 1350-y. da bunyod etilgan va birmaliklar vayron qilib tashlagunga qadar (1767) mamlakat poytaxti boʻlgan. 19 – a. da qayta bunyod etilgan. Ayuttxaya tai xalqi qad. madaniyatining yodgorligidir. Na Praman (7 —9-a. lar), Buddasavan (14-a.), Rajapuran (15-a.), Pra Srisanpet (15 — 16-a. lar) ibodatxonalari va saroylar bor.

Ensiklopediya.uz
AYUTTXAYA