AUKSINLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AUKSINLAR haqida malumot bilib oling.

AUKSINLAR (yun. aixo — oʻstiraman) — oʻsimlik organizmida paydo boʻladigan, uning oʻsishi uchun zarur fiziologik faol moddalar. Hozir Auksinlarning uch xili maʼlum: a-auksin (auksentriol kislota — S18N32O3), fi – auksin (auksenolon kislota — S|8N30O4) va geteroauksin (R-indolilsirka kislota — S10N,O^). A. kristall holda boʻladi. Geteroauksin sintetik yoʻl bilan hosil qilingan. Auksinlar oʻsimliklarning oʻsishini tezlatish, yangi eqilgan kalamchaning yaxshi ildiz otishi, daraxtdagi mevalarning barvaqt toʻkilishini toʻxtatish, baʼzan oʻsimlik hosildorligini oshirish uchun ishlatiladi (yana q. Oʻsishni boshqaruvchi moddalar).

Ensiklopediya.uz
AUKSINLAR