ASTRAL EʼTIQODLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASTRAL EʼTIQODLAR haqida malumot bilib oling.

ASTRAL EʼTIQODLAR (astro… soʻzidan) — osmon yoritqichlari va hodisalariga hamda u bilan bogʻliq sehrgarlik xatti-harakatlariga sigʻinish. Muayyan darajada hamma xalqlarda boʻlgan. Astral eʼtiqodlar ayniqsa qad. ikki daryo oraligʻi, Misr va qad. Hindistonda keng tarqalgan edi. Bu mamlakatlardagi ibodatxonalar rasadxona (observatoriya) vazifasini ham bajarib, osmon hodisalarini kuzatishda katta rol oʻynagan. Yulduzlar vaziyatiga qarab, bu b-n davriy bogʻliqlikka ega boʻlgan daryolarda suv toshqini boʻlishini oldindan aytganlar. Astral eʼtiqodlar asosida astrologiya, folbinlik va karomat qilish vujudga keldi. Xristianlikdagi Vifleyem yulduzi va Apokalipsisdagi yetti yulduz haqidagi rivoyatlar hamda sharqdagi munajjimlik A. e. namunasidir.

Ensiklopediya.uz
ASTRAL EʼTIQODLAR