ARXIMED AKSIOMASI haqida malumot bilib oling.
ARXIMED AKSIOMASI — berilgan ikki kesmaning kichigini bir necha marta takrorlab, har doim kattasidan kattaroq kesma hosil qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi aksioma. A. a. ni yuzalar, hajmlar, sonlar va b. ga ham tatbiq qilish mumkin. Mas, har qanday ikki musbat son a va b uchun a>b tengsizlikni qanoatlantiruvchi natural son p doimo topiladi. Bu aksioma Arximed tomonidan «Shar va silindr» asarida aniqravshan tavsiflab berilgan. Arximed aksiomasini baʼzan Yevdoks aksiomasi deb ham atashadi, chunki uni ilgariroq Yevdoks Knidskiy qoʻllagan. Arximed aksiomasidan miqdorlarni oʻlchashda, ikki kesmaning umumiy oʻlchovini topish va b. masalalarni hal qilishda foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
ARXIMED AKSIOMASI