ARSLONXON MUHAMMAD ibn SULAYMON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARSLONXON MUHAMMAD ibn SULAYMON haqida malumot bilib oling.

ARSLONXON MUHAMMAD ibn SULAYMON (toʻliq ismi Muhammad ibn Sulaymon ibn Dovud Kuchtegin ibn Tamgʻachxon Ibrohim) (? — 1130/1131) — Movarounnahr hukmdori (1102—30). Qoraxoniylardan. Barqiyoruq vassali Sulaymonteginning oʻgʻli. 1102-y. Samarqand taxtiga Arslonxon unvoni b-n oʻtqazilgan. 12 ming mamlukdan iborat qoʻshin tuzib Dashti Qipchoqqa bir necha bor harbiy yurishlar qilgan. Umrining oxirida falaj boʻlib qolgani tufayli taxtni oʻgʻillari — dastlab Nasr, soʻng Ahmad bilan boshqargan. Samarqand saljuqiylar tomonidan egallangach (1130-y. 13 mart), A. M. S. Balxga joʻnatilgan va oʻsha yerda koʻp oʻtmay vafot etgan. U Marvdagi oʻzi qurdirgan madrasaga dafn etilgan. Arslonxon Muhammad Ibn Sulaymon davrida madaniy hayot birmuncha rivojlangan. Buxoro va uning viloyatida koʻplab binolar qurilgan. Mac, Jarqoʻrgʻon minorasi va Masjidi kalon yonidagi minora hozirgacha saqlangan.

Ensiklopediya.uz
ARSLONXON MUHAMMAD ibn SULAYMON