ARENA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARENA haqida malumot bilib oling.

ARENA (lot. arena — qum) — 1) qad. Rim tomoshaxonalarining amfiteatr oʻrtasidagi qum sepilgan aylana maydoni. Sport uyinlari, gladiatorlar urushi, oʻlimga mahkum etilganlarning yovvoyi hayvonlar bilan jang tomoshasi uchun moʻljallangan;

2) hoz. zamon sirkida tomosha joyi, oʻyin maydoni. U hozir manej deb ataladi. Sirk A. sining diametri 13,5 m;

3) sport maydoni — maxsus sport turlari buyicha uquv trenirovka mashgʻulotlari va musobaqalari oʻtkazishga moʻljallangan, yetarlicha jihozlangan maxsus sport inshooti, oʻyingoh sahni, boks, yengil atletika, kurash va sh. k. musobaqalar joyi.

Ensiklopediya.uz
ARENA