ARAVONSOY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARAVONSOY haqida malumot bilib oling.

ARAVONSOYAndijon viloyatidagi soy. Qirgʻiziston hududidagi Qizilqoʻrgʻon va Otyaylov tizmalaridan boshlanadi. Uz. 90 km. Togʻ oraliklarida tor va chuqur daralardan oqadi. Qor va muzdan suv oladi. Suv yigʻadigan havza mayd. 464 km2. Havzasida 18 kichik muzlik bor. Oʻrtacha yillik suv sarfi 7 m3/ sek. Yillik suv sarfining qariyb 1/3 qismi yer osti suviga toʻgʻri keladi. Martsent. da sersuv. Vegetatsiya davrida qariyb 80% suv sugʻorishga sarf boʻladi. Aravonsoy Asaka tumani yerlarini sugʻoradi, muzlamaydi. Aravonsoyning quyi oqimi sohilida Aravon shaharchasi joylashgan.

Ensiklopediya.uz
ARAVONSOY