ABAKAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABAKAN haqida malumot bilib oling.

ABAKAN — daryo, Yeniseyning chap irmogʻi, RF Krasnoyarsk oʻlkasida. Gʻarbiy Sayan va Oltoy togʻlarining shim. yon bagʻridan boshlanadigan Katta Abakan va Kichik Abakan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Krasnoyarsk suv omboriga quyiladi. Uz. 514 km. Havzasi 32000 km2. Oʻrtacha suv sarfi 381 m3/sek. Togʻlardan chiqqach, keng vodiyda koʻp tarmoqlarga boʻlinib oqadi. Asosan, qor va yomgʻirdan suv oladi. Noyab. ning 2-yarmida muzlab, apr. oxirida muzdan boʻshaydi. Quyi qismida sekta 400 m3 suv oqadi. Yogʻoch oqiziladi. Minusinsk soyligi ekinzorlarini sugʻoradi. Abakan boʻyida Abakan sh. bor.

Ensiklopediya.uz
ABAKAN