AHMAD ZIYOIY haqida malumot bilib oling.
AHMAD ZIYOIY (1906, Qashqar – ?) — uygʻur shoiri, dramaturg, tarjimon, navoiyshunos. Ijodida Navoiy anʼanalarini davom ettirib, uning ilgʻor gʻoyalarini oʻz asarlariga tatbiq qilgan. «Xasta dillar» (1936), «Taqdir» (1940), «Muxammaslar» (1943), «Toʻzimas chechaklar» (1945) sheʼriy toʻplamlarida yuksak insoniy tuygʻularni tarannum etgan. «Vadoq yoʻlida karvon» romani (1948) va A. Nizoriyning «Robiya va Saʼdin» dostoni asosida shu nomda musiqaviy drama yaratgan. Navoiy va Nizoriy gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. «Hazrat Navoiy va Abdurahim Nizoriy» asarida Navoiy adabiy merosining Abdurahim Nizoriy ijodiga va umuman uygʻur adabiyotiga taʼsirini taxlil etgan. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarini uygʻurchaga tarjima qilgan (1950 — 53).
Ensiklopediya.uz
AHMAD ZIYOIY