ATSETAMID, sirka kislota amidi, rangsiz kristall. Sof holda hidsiz, suyuqlanish t-rasi 82 — 83°, kaynash t-rasi 221,2°. Suvda, spirtda va glitserinda oson eriydi, efirda erimaydi. Kuchli kislotalar taʼsirida tuz hosil qiladi. Teri pishirishda, qogʻoz i. ch. da qoʻllaniladi.