ATOM YADROSI MOMENTLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATOM YADROSI MOMENTLARI haqida malumot bilib oling.

ATOM YADROSI MOMENTLARIatom yadrosining mexanik moment (spin) Gʻ, magnit moment s va elektr momentlari. Atom yadrosini tashkil qiluvchi nuklonlar yadrodagi harakatlari tufayli orbital harakat miqdori momenti (Gʻ) ni hosil qiladi. Nuklon spini Gʻ bilan koʻshilib, nuklonning toʻla momenti j ni tashkil qiladi. Atom yadrosining mexanik momenti yadroni tashkil qiluvchi nuklonlarningu lari kombinatsiyasi yigʻindisiga teng boʻladi. Odatda, atom yadrosining mexanik momenti shu yadroning spini deb ataladi. Atom yadrosining magnit momenti s uni tashkil qiluvchi nuklonlarning xususiy magnit momentlari yigʻindisidan iborat. Atom yadrolari magnit momentlardan tashqari elektr momentlarga ham ega boʻladi. Bu momentlar yadrodagi zaryadlarning taqsimlanishiga bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
ATOM YADROSI MOMENTLARI