ARIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARIYA haqida malumot bilib oling.

ARIYA (ital. aria) — opera, oratoriyayoki kantatapat tugallangan lavha. Odatda orkestr joʻrligida xonanda tomonidan ijro etiladi. Opera dramaturgiyasida dramadagi monologga teng keladi. Qoʻshiq va romansga nisbatan birmuncha murakkab, koʻp qismdan tuzilgan. Badiiy vazifasi — opera qahramonining ruhiy kechinmalari va intilishini ochib berish. Shu bois keng ohangdorligi bilan ajralib turadi. Koʻpincha, orkestr muqaddimasi b-n boshlanadi, baʼzan undan oldin rechitativ keladi. Ariyetta, ariozo, kavatina, kabaletta va b. A. turiga mansub. Baʼzan tabiatan kuychan cholgʻu asarlar ham Ariya deb ataladi (I. S. Bax A. lari).

Oʻzbekiston kompozitorlari turli Ariyalarni, asosan opera, musiqali drama va komediya hamda oratoriya janrlarida (ayrim oʻrinlarda cholgʻu Ariyalarni) qoʻllashadi. Ilk oʻzbek musiqali dramalari («Layli va Majnun», «Farhod va Shirin») va ular zaminida yaratilgan shu nomdagi operalarga maqom (baʼzan ashula va katta ashula)larga asoslangan Ariyalar kiritilgan.

Ad.: Gafurbekov T., Makomы v uzbekskoy muzыkalnoy drame i opere. — Professionalnaya muzыka ustnoy traditsii narodov Blijnego, Srednego Vostoka i sovremennost, T., 1981; Pekker Ya, Uzbekskaya opera, M, 1984.

Toʻxtasin Gafurbekov. 2367941

Ensiklopediya.uz
ARIYA