ARID OʻLKALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARID OʻLKALAR haqida malumot bilib oling.

ARID OʻLKALAR (lot. aridus – qurgʻoqchil) — choʻl iqlimli oʻlkalar. Arid oʻlkalarda havoning sutkalik va yillik t-ralari katta tafovut qiladi, nisbiy hamda mutlaq namlik kam, yogʻin juda oz (150 — 200 mm) boʻladi. Arid oʻlkalarda tranzit (shu yerlardan oʻtadigan) daryolarni mustasno qilganda doimiy oqar suvlar boʻlmaydi, oʻsimliklar juda siyrak yoki butunlay yoʻq, tabiiy nurash kuchli, tuprogʻi boshlangʻich holda. Arid oʻlkalar tropik, subtropik hamda moʻtadil mintaqalarda — materiklarning ichkari qismlarida va qoʻshni oʻlkalardan keladigan nam havo oqimlarini togʻ tizmalari toʻsib turgan yerlar (Oʻrta Osiyo, Eron choʻllarida hamda yuqori bosimli oʻlkalar — Sahroi Kabir, Arabiston ya. o., Quyi Kaliforniya, Kolorado etagi, Atakama, Namib, Avstraliya choʻllari)da koʻproq uchraydi. Arid oʻlkalarga Markaziy Osiyo choʻllari eng yaxshi misoldir. Bu yer Yevrosiyo materigi oʻrtasida, shamollar keladigan okeanlar (Atlantika okeani)dan juda uzoqqa joylashgan yoki togʻlar bilan toʻsilgan.

Ensiklopediya.uz
ARID OʻLKALAR