ARABOV Muhammadqul Abduqodirovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARABOV Muhammadqul Abduqodirovich haqida malumot bilib oling.

ARABOV Muhammadqul Abduqodirovich (1921, Buxoro) — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Moskva davlat kinematografiya in-tining operatorlik f-tini tugatgan (1943). Moskvadagi Markaziy hujjatli filmlar kinostudiyasining harbiy kinooperatori boʻlib 1-Ukraina frontida xizmat qildi (1943 — 45). «Berlin» filmi va «Ulugʻ Vatan urushi» kinoepopeyasiga Arabov suratga olgan jang lavhalaridan kadrlar kiritilgan. 1946 — 52 y. larda Sverdlovsk, 1953 — 62 y. larda Dushanba kinostudiyalarida, 1962-y. dan Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar kinostudiyasida ishlagan. Bir necha filmlarni suratga olgan.

Ensiklopediya.uz
ARABOV Muhammadqul Abduqodirovich