
ANOA haqida malumot bilib oling.
ANOA (Anoa depressicornis) , pakana buyvol — yovvoyi qoramolning bir turi. Juft tuyoqlilar turkumiga mansub. Faqat Sulavesi o. idagi tekislik va togʻ oʻrmonlarida yashaydi. Anoa shoxlari toʻgʻri, qisqa, buyvolga oʻxshab ketadi, lekin undan kichikroq; gavdasining uzunligi 1,7 m, boʻyi 1 m, rangi toʻq qoʻngʻir, boshi, boʻyni va oyoqlarida oq dogʻlari bor. Ilgari goʻshti, terisi uchun ovlangan. Soni keskin kamayib ketganligi tufayli Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Ensiklopediya.uz
ANOA