ANDROSTEROMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANDROSTEROMA haqida malumot bilib oling.

ANDROSTEROMAbuyrak usti bezi poʻst qavatining oʻsmasi. Kasallikka xos belgilar: qizlarda klitor gipertrofiyasi, tuk bosish, sut bezlarining takomillashmasligi, hayz koʻrmaslik, muskullarning haddan tashqari rivojlanib ketishi, oʻgʻil bolalarda vaqtidan ilgari balogʻatga yetish, tez oʻsish. Ayollarda 30—40 yoshlarda uchrab, ovozning dagʻallashishi, girsutizm, sut bezlarining kichiklashishi, bachadon atrofiyasi, klitorning kattalashishi, hayz koʻrishning toʻxtashiga, baʼzan kallikka olib boradi.

Ensiklopediya.uz
ANDROSTEROMA