
ANGIOSPAZM haqida malumot bilib oling.
ANGIOSPAZM (angio… va yun. spasmos — tortaman) — mayda arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarning torayishi (spazmi). Tomir muskul qavatining qisqarishi oqibatida roʻy beradi. Natijada toʻqima va aʼzolarga qon kam keladi va tegishli toʻqimalarda ishemiya rivojlanadi. Angiospazm qaysi aʼzodaligiga qarab, bosh ogʻrigʻi, tomir tortishishi kabi alomatlar bilan oʻtadi. Koʻpincha gipertoniya kasalligi va nevrozlarda uchraydi.
Ensiklopediya.uz
ANGIOSPAZM