
AMLOKDOR haqida malumot bilib oling.
AMLOKDOR (arab, amlok, mulk soʻzining koʻpligi, fors-toj. dor — ega) — Buxoro xonligidagi bekliklarga qarashli eng kichik maʼmuriy boʻlinma (amlokdorlik)ni boshqaruvchi amaldor. Amlokdor aholining oʻziga toʻq vakillaridan boʻlib, bek tomonidan tayinlangan va bir necha katta va kichik qishloqlar uning ixtiyorida boʻlgan. U xiroj yigʻish, dehqonlar yetishtirgan hrsilni hisobga olish, soliq toʻlamaganlarni jazolash, jarima solish kabi ishlar bilan shugʻullanib, kotib (mirzo), mirob, amin, oqsoqollar yordamida amlokdorlikni idora qilgan.
Ensiklopediya.uz
AMLOKDOR