
ARMAN TILI haqida malumot bilib oling.
ARMAN TILI — arman xalqining tili. Hind-Yevropa tillari oilasining mustaqil bir guruhi. Ayrim fonetik, morfologik, leksik xususiyatlariga koʻra, Kavkaz tillariga yaqin. Bu tilda jahon miqyosida 4 mln. ga yaqin arman soʻzlashadi, shundan 3,0 mln. ga yaqini Armanistonda, 1 mln. dan ortiqrogʻi xorijda. Arman tili tarixi uch davrga boʻlinadi, yaʼni: a) qad. Arman tili (grabar tili, 5 — 11-a. lar); b) oʻrta davr A. t. (11 — 17-a. lar); v) hoz. arman adabiy tili (17-a. dan boshlab). U koʻplab dialektlarga ajraluvchi gʻarbiy va sharqiy guruhga ega. Armaniston aholisi sharqiy guruh Arman tilida soʻzlashadi. Arman tilida 6 unli va 30 undosh tovush bor. Grammatik jins yoʻqolgan, 7 kelishik, turlanishning 8 xili mavjud. Arman tili asosan agglyutinativ tildir.
Ensiklopediya.uz
ARMAN TILI