ANDIJONKABEL AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANDIJONKABEL AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

«ANDIJONKABEL» AKSIYADORLIK JAMIYATIelektr texnika sanoati korxonasi, Andijon viloyatining Xonobod sh. da joylashgan. «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. 1985—94 y. larda «Andijonkabel» i. ch. birlashmasi. 1994-y. dan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Turli markadagi kabellar, elektr uskunalari va elektr tarmoqlari uchun simlar — mis, jez (mis va rux qrtishmasi), nikel simlari va simtoʻrlari, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqaradi.

1982—85 y. larda korxonaning 1-navbati, 1987-y. da 2-navbati qurilib, ishga tushirilgan. Korxonaning 2-navbati ishga tushirilgandan keyin quvvati yiliga 823 ming km elektr simlari, 520 ming m2simtoʻrlar i. ch. ga yet-kazildi. 1988-y. da Finlyandiyaning «Nokiya» firmasida tayyorlangan liniyalar oʻrnatildi va yiliga 30 ming shartli km shahar telefon kabellari i. ch. oʻzlashtirildi. 1986-y. da korxonaning filiali boʻlgan Topolino roʻzgʻorbop kabel mahsulotlari z-di ishga tushirilgan.

Ensiklopediya.uz
ANDIJONKABEL AKSIYADORLIK JAMIYATI