ANABAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANABAR haqida malumot bilib oling.

ANABARSaxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Uz. 939 km, havzasining mayd. 100 ming km2. Oʻrta Sibir yassitogʻligining shim. dan boshlanib, dastlab tilogʻochli oʻrmon-tundradan oqadi. Quyi oqimida Anabar vodiysi kengayadi va Shim. Sibir pasttekisligini kesib oʻtib, Laptevlar dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 610 m3/sek. Sent. oxirida muzlab, iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Katta irmoqlari: Kichik Kuonamka va Uja. Anabarda ryapushka, omul kabi baliklar bor. Quyi qismida kema qatnaydi. Anabar havzasida olmos konlari topilgan.

Ensiklopediya.uz
ANABAR