AMU-ZANG KANALI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMU-ZANG KANALI haqida malumot bilib oling.

AMU-ZANG KANALI, Amu-Zang mashina kanali — Surxondaryo viloyatidagi sugʻorish kanali. Amudaryo oʻng qirgʻogʻidan, Surxondaryoning quyilish joyidan 16 km yuqoridan suv oladi. Amudaryo suvini Zang gidrouzeli yuqori byefiga koʻtarib beradi. 1973-y. da qurilgan. Uz. 56 km, suv oʻtkazish imkoniyati 20 m3/s. Suvni maksimal koʻta-rib berish bal. 77 m (ikki bosqichda). Kanal tarkibiga ikkita bir xil tipdagi nasos st-yalari kiradi. Amu-Zang 1 nasos st-yasi suvni daryodan 500 m uzunlikdagi taʼminlovchi kanal orqali oladi, koʻtarish bal. 33 m, 16 nasos agregati oʻrnatilgan, umumiy quvvati 10 ming kVt; Amu-Zang 2 nasos st-yasining suvni koʻtarib berish bal. 44 m, kuvvati 12,8 ming kVt. A-Z. k. ishga tushirilishi Surxondaryo viloyatining jan. da Zang magistral kanalidan sugʻoriladigan 20 ming ga yerni Amudaryo suvi bilan sugʻorish imkoniyatini yaratdi.

Ensiklopediya.uz
AMU-ZANG KANALI